Poroshenko mamlakat tashqi ishlar vazirligiga Putin bilan suhbat tashkillashtirishni topshirdi
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Qrimdagi voqealardan keyin mamlakat tashqi ishlar vazirligiga Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan suhbat tashkillashtirishni topshirdi.
"Tashqi ishlar vazirligiga Germaniya va Fransiya rahbariyati bilan "normand formatida" uch tomonlama telefon suhbatini tashkillashtirib, ularni AQSh vitse-prezidenti va Yevropa kengashi prezidenti Donald Tusk bilan suhbatga taklif qilish va Rossiya prezidenti Putin bilan suhbat uyushtirish buyuriladi", deyilmoqda xabarda.
Poroshenko shuningdek Qrim bilan chegarada Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti maxsus monitoring missiyasining bo‘lishini kuchaytirishni topshirdi.
10 avgustda Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Qrimda Kiyev tomonidan tashkillashtirilgan teraktlarning bartaraf etilganini ma'lum qilgandi. Bundan tashqari, Ukrainadan qo‘poruvchilik guruhlarining Qrimga kirishiga urinish bartaraf etilgan. Shu munosabat bilan FXX Ukraina bilan chegara nazoratini kuchaytirdi.