Sport | 21:59 / 11.08.2016
15978
1 daqiqa o‘qiladi

Rio-2016, boks. Elshod Rasulov nimchorak finalda yutqazib, jamoaning mag‘lubiyatsiz seriyasiga yakun yasaldi

Rio-de-Janeyro olimpiadasida o‘zbekistonlik bokschilarning mag‘lubiyatsiz yurishiga chek qo‘yildi. Elshod Rasulov turnirni medalsiz tark etadigan ilk o‘zbekistonlik bokschiga aylandi.

81 kilogrammgacha bo‘lgan vazndagi O‘zbekiston vakili buyuk britaniyalik Buatsi Joshuaga qarshi jangni oxirigacha yetkaza olmadi. U britaniyalik raqibiga dastlabki ikki raundni boy berib qo‘ydi. Uchinchi raund vaqtida Rasulov raqibning kuchli zarbasini o‘tkazib yubordi va nokdaun holatiga tushdi. Shundan so‘ng Rasulov o‘ziga kela olmadi va shu raundning o‘zida yana 2 marta nokdaunga uchradi. Natijada referi muddatidan avval jangni to‘xtatdi.

Shu tariqa, 30 yoshli o‘zbekistonlik bokschi o‘zidan 7 yosh kichik raqibiga qarshi jangda texnik nokaut bilan mag‘lubiyatga uchradi. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish