Sport | 18:28 / 11.08.2016
7152
1 daqiqa o‘qiladi

Rio-2016, dzyudo. Soyib Qurbonov saralash bosqichidayoq yutqazdi

O‘zbekiston dzyudo terma jamoasining yana bir vakilining Rio-2016 olimpiadasidagi ishtiroki omadsiz chiqdi. 100 kilo vazndagi Soyib Qurbonov ilk saralash bosqichidayoq imkoniyatni boy berdi. 

Ukrainalik Artyom Bloshenkoga qarshi bahs olib borgan Qurbonov bahs tugashiga 2 daqiqa qolganida raqib uslubiga tushdi va "ippon" bahosi bilan yutqazib, turnirni tark etdi.