Rio-2016. Qozog‘iston terma jamoasi beshinchi kun bahslarida 2ta oltin va 1ta kumush medal oldi
Qozog‘iston delegatsiyasi Rio-Olimpiadasining beshinchi kunidagi bahslarda 2ta oltin va 1ta kumush medallarini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 11-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Bu terma jamoa hisobida 2ta oltin, 2ta kumush va 3ta bronza medallari bor.
Og‘ir atletika bo‘yicha musobaqada Qozog‘iston sharafini himoya qilayotgan Nidjat Ragimov (asli ozarbayjonlik) 77 kg vazn toifasida bellashuvda ishtirok etdi va g‘olib bo‘ldi. U terma jamoa hisobiga ilk oltin medal olib keldi. Ragimov o‘z natijasi bilan rekord o‘rnatdi 379 kg (165 dast ko‘tarish+ 214 siltab ko‘tarish).
Shuningdek, qozog‘istonlik suzuvchi Dmitriy Balandin Rio-Olimpiadasining beshinchi kunida terma jamoa hisobiga ilk oltin medal olib keldi.
U 200 m masofaga brass uslubida suzish musobaqasida amerikalik Josh Prenoni va rossiyalik Anton Chupkovni ortda qoldirdi.
Shuningdek, og‘ir atletika bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi musobaqada 69 kg vazn toifasida ishtirok etgan qozog‘istonlik Jazira Japparkul kumush medal sovrindori bo‘ldi.