Sport | 09:31 / 11.08.2016
16227
5 daqiqa o‘qiladi

Rio-2016 kundaligi. AQSh peshqadam, Yaponiya uchlikka kirdi, Qozog‘iston 11-o‘rinda, qochqinlar jamoasida ilk oltin medal

Rio-2016 olimpiadasining beshinchi kun bahslari yakunlanmoqda. Ayni paytga kelib medallar hisobi bo‘yicha AQSh peshqadamlikni davom ettirmoqda (11-11-10). Xitoy ikkinchi o‘rinda (10-5-8). To‘rtinchi kun bahslaridan keyin sakkzinchi o‘rinda bo‘lgan Yaponiya terma jamoasi a'zolari 3ta oltin va 1ta bronza olib (6-1-11) Avstraliya terma jamoasini ortda qoldirgan holda (5-2-5) uchlikka kirib oldi.

Beshinchi kuni Rio-de-Janeyroda 20ta medallar shodasi o‘ynaldi. Ayni vaqtga kelib medal olgan jamoalar soni 51taga yetdi. Ulardan 25tasi hisobida oltin medal bor.

Bugungi bahslarda turnir tarixida ilk marta ishtirok etayotgan (Xalqaro olimpiya qo‘mitasi bayrog‘i ostida) qochqinlar terma jamoasi hisobiga bitta oltin medal kelib tushdi. O‘q otish bo‘yicha bahslarda Fexaid Aldixani tengsiz bo‘ldi.

Qozog‘iston delegatsiyasi kechagi bahslarda 2ta oltin va 1ta kumush medallarini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 11-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Bu terma jamoa hisobida 2ta oltin, 2ta kumush va 3ta bronza medallari bor. 

Turnirning beshinchi kuni O‘zbekiston terma jamoasining 6 ishtirokchisining ishtiroki belgilangandi.
Avvaliga dzyudochilar bahslarga kirishdi. Lekin Gulnoza Matniyozova hamda Sherali Jo‘rayev birin-ketin turnirni tark etishdi.
Shu kuni akademik eshkak eshishning 13—24-o‘rinlari uchun o‘zbekistonlik Shahboz Xolmirzayev ham kurash olib borishi kerak edi. Lekin ob-havo noqulayligi sabab bahslar o‘tkazilmadi.
Kunning ikkinchi yarmida boks bo‘yicha bahslar boshlandi va 3 nafar o‘zbekistonlik ringga ko‘tarildi. O‘zbekistonning barcha vakillari o‘z janglarini g‘alaba bilan yakunladi. 91 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasidagi musobaqada Rustam To‘laganov, 49 kilogrammgacha bo‘lgan vazndagi Hasanboy Do‘stmatov yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi va kamida bronza medallar naqd qilindi. 12—13 avgust kunlari ular yarim final janglarini o‘tkazadi. 64 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasidagi musobaqada Fazliddin G‘oipnazarov o‘z raqibini uch marta nokaut holatiga qadar olib bordi va 1/8 final chiptasini qo‘lga kiritdi. Nim chorak final jangini Fazliddin G‘oipnazarov 14 avgust kuni o‘tkazadi.

Rio-2016
Rio-de-Janeyro, Braziliya
10 avgust

Veloshosse, ayollar, alohida startdagi poyga
1. Kristin Armstrong (AQSh)
2. Olga Zabelinskaya (Rossiya)
3. Anna Van Der Breggen (Niderlandiya)

Veloshosse, erkaklar, alohida startdagi poyga
1. Fabian Kanchellara (Shveytsariya)
2. Tom Dyumolin (Niderlandiya)
3. Kristofer Frum (Buyuk Britaniya)

O‘q otish, erkaklar, to‘pponcha, 50 m
1. Chin Chjon O (Janubiy Koreya)
2. Xoang Suan Vin (Vetnam)
3. Kim Son Guk (KXDR)

Baydarka va kanoeda eshkak eshish, erkaklar
1. Jozef Klark (Buyuk Britaniya)
2. Peter Kauzer (Sloveniya)
3. Irji Prskavets (Chexiya)

O‘q otish, erkaklar, stend
1. Fexaid Al-Dixani (XOQ)
2. Marko Innochenti (Italiya)
3. Stiven Skott (Buyuk Britaniya)

Og‘ir atletika, ayollar, -69 kg
1. Syan Yanmey (Xitoy)
2. Jazira Japparkul (Qozog‘iston)
3. Sara Ahmed (Misr)

Suvga sakrash, erkaklar, sinxron uslubda sakrash, tramplin, 3 m
1. Jyek Lou – Kris Mirs (Buyuk Britaniya)
2. Sem Dorman – Mayk Hikson (AQSh) 
3. Tsao Yuan – Tsin Kay (Xitoy)

Sport gimnastikasi, erkaklar, shaxsiy ko‘pkurash
1. Koxei Utimura (Yaponiya) 
2. Oleg Vernyayev (Ukraina) 
3. Maks Uitlok (Buyuk Britaniya)

Dzyudo, ayollar, -70 kg
1. Xaruka Tatimoto (Yaponiya)
2. Yuri Alvear (Kolumbiya)
3. Salli Konuey (Buyuk Britaniya)
3. Laura Vargas Kox (Germaniya)

Dzyudo, erkaklar, -90 kg
1. Masu Beyker (Yaponiya)
2. Varlam Liparteliani (Gruziya) 
3. Kvak Don Xan (Janubiy Koreya) 
3. Chen Syunchjao (Xitoy)

Og‘ir atletika, erkaklar, -77 kg
1. Nidjat Ragimov (Qozog‘iston)
2. Lyu Syaotszyun (Xitoy)
3. Moxamed Maxmud (Misr)

Qilichbozlik, ayollar, rapira
1. Inna Deriglazova (Rossiya) 
2. Eliza Di Franchiska (Italiya) 
3. Ines Bubakri (Tunis)

Qilichbozlik, erkaklar, sablya
1. Aron Siladi (Vengriya)
2. Deril Xomer (AQSh)
3. Kim Chjon Xvan (Janubiy Koreya)

Stol tennisi, ayollar, yakkalik razryad
1. Din Nin (Xitoy)
2. Li Syaosya (Xitoy)
3. Kim Son I (KXDR)

Suzish
Erkaklar, 200 m, brass

1. Dmitriy Balandin (Qozog‘iston)
2. Josh Preno (AQSh)
3. Anton Chupkov (Rossiya)

Ayollar, 200 m, batterflyay
1. Mireya Belmonte Garsiya (Ispaniya)
2. Medeleyn Grouvz (Avstraliya)
3. Natsumi Xoci (Yaponiya)

Erkaklar, 100 m, erkin uslub
1. Kayl Chelmers (Avstraliya)
2. Piter Timmers (Belgiya)
3. Netan Edriyen (AQSh)

Ayollar, estafeta 4x200 m, erkin uslub
1. AQSh
2. Avstraliya
3. Kanada

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish