Tramp qurolni erkin olib yurish tarafdorlariga Klintonni o‘zlari "to‘xtatishlari" mumkinligini aytdi
AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Tramp qaltis gaplari deb yana gap-so‘zlarga qoldi. U qurolni erkin saqlash va olib yurish tarafdori bo‘lganlarga bu huquqlarni kafolatlovchi AQSh Konstitutsiyasiga ikkinchi tuzatishning saqlab qolinishiga kurashda bu tuzatishga qarshi chiqayotgan Xillari Klintonni Oq uyga yo‘lda o‘zlari "to‘xtatishlari" mumkinligiga sha'ma qilganlikda gumon qilindi.
"Xillari Ikkinchi tuzatishni bekor qilmoqchi, – deb aytdi Tramp Uilmington shahridagi namoyishda. – Agar u sudyalarni o‘z istaganicha tanlay olsa (AQSh Oliy sudiga), unda siz yigitlar hech narsa qila olmaysizlar, Biroq, Ikkinchi tuzatish tarafdorlari bo‘lganlar, balki nimadir qila olarlar, qandaydir chora bo‘lsa kerak, yana bilmadim", deb nimalargadir sha'ma qilgan Tramp.
Trampning bu gaplaridan keyin Klintonning tarafdorlari orasida "Donald Tramp kimdir Xillari Klintonni otib tashlashi kerakligini taklif qildi" degan sarlavhalar bilan xabarlar tezda tarqala boshlagan.
Tramning saylovoldi shtabi uning so‘zlari noto‘g‘ri qabul qilinganini tushuntirishiga to‘g‘ri kelgan: Tramp amerikaliklarni siyosiy masalalarni hal qilish uchun qo‘llariga qurol olishga chorlamagan, balki "ularning birlashishi katta kuch" ekanini nazarda tutgan.