Turkiya hukumati ta'lim sohasi xodimlariga nisbatan keskin choralar ko‘rmoqda
Turkiyada davlat to‘ntarishiga urinishdan so‘ng o‘tkazilayotgan surishtiruv ishlari doirasida ta'lim muassasalarining 27 mingdan ortiq o‘qituvchi va xodimlari o‘z litsenziyalaridan mahrum etilgan, deb xabar qilgan Turkiya milliy ta'lim vaziri Ismat Yilmaz.
"Ta'lim sohasining 27 ming 424 nafar xodimi ishlash ruxsatnomalaridan mahrum etildi. Biroq, bundan bironta ham o‘quvchi jabr chekmaydi. Ularning barchasi, davlat maktablariga qabul qilinadi", - deb aniqlik kiritgan vazir.
Yilmazning aniqlik kiritishicha, Turkiyadagi davlat to‘ntarishigacha, xususiy maktablarda 138 ming nafar o‘quvchi tahsil olgan. Shunga ko‘ra, ta'lim vazirligi yangi o‘qituvchilar, xususan "suriyalik qochqinlardan 514 nafar o‘qituvchini ishga qabul qilish"ni ko‘rib chiqmoqda.