Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabi: FXX va Putinning tasdiqlari – safsata
Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabi boshlig‘i Viktor Mujyenko Ukraina qurolli kuchlarining Qrim bilan ma'muriy chegara hududida vazifalarni bajarayotgan bo‘linmalari va harbiy qismlari kuchaytirilgan jangovor tayyorgarlikka keltirilayotgani, tegishli guruhning soni oshirilganini ma'lum qildi. Mujyenko bu haqda prezident Pyotr Poroshenko huzuridagi majlisda aytib o‘tdi.
U shuningdek Ukraina tomonidan vaqtinchalik bosib olingan Qrimning o‘qqa tutilishi haqidagi tasdiqlarni safsata deb atadi. "Bu safsatadir va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Na artilleriya tizimlari, na boshqa quroldan o‘t ochilmagan. Buni istalgan harbiy yoki bu hududda yashovchi odam tasdiqlashi mumkin, chunki artilleriya ovozi anchagina masofadan eshitiladi", deb aytdi Mujyenko.
Ukraina mudofaa vazirligi razvedka bosh boshqarmasi boshlig‘i general-leytenant Valeriy Kondratyukning aytishicha, Qrimda rossiyalik harbiylar va Rossiya Federal xavfsizlik xizmati chegara xizmati xodimlari o‘rtasida otishma yuz bergan.
10 avgustda Rossiya Federal xavfsizlik xizmati ukrainalik harbiylarning Qrimga hujum qilishga uringani haqida xabar bergan. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bunga izoh berib, Ukraina hukumatini terrorda ayblagan.