Jamiyat | 16:11 / 11.08.2016
4385
1 daqiqa o‘qiladi

Ukrainada yangi o‘quv yilida kutilayotgan o‘zgarishlar ma'lum qilindi

Ukrainaning 10–11 sinf o‘quvchilari uchun tarix fani dasturi 2016/2017-yilgi o‘quv yilidan boshlab yangi dastur asosida tashkil etiladi, deb xabar qilmoqda UNIAN axborot agentligi Ukraina milliy xotira instituti matbuot xizmatiga tayangan holda. 

Qayd etilishicha, 1917-1921 yilgi Ukraina inqilobi mavzusi aholida bobga ajratilgan. Bundan tashqari, Ukrainada o‘tkazilgan ommaviy qatag‘on va terror o‘tkazish davri «1921–1939 yillarda Sovet totalitar tartibini o‘rnatish va joriy qilish» deb ataladigan bo‘lgan.

Ta'kidlanishicha, maktab o‘quvchilari shuningdek, Ukrainaning taraqqiyotiga hissa qo‘shgan shaxslar va tarixiy arboblar tarjimai holini ham o‘rganishadi.

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish