O‘zbekiston | 18:40 / 11.08.2016
4374
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston TIVda AQSh elchisi bilan bo‘lajak uchrashuvlarning jadvali va mazmuni muhokama qilindi

2016 yilning 11 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Amerika Qo‘shma Shtatlari Favqulodda va Muxtor Elchisi Pamela Leora Spratlenni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bergan.

Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida O‘zbekiston—AQSh munosabatlarining dolzarb masalalari, jumladan bo‘lajak ikki tomon uchrashuvlarining jadvali va mazmuni muhokama qilindi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish