Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh delegatsiyasi 22 avgustda Gulenni topshirish masalasini muhokama qilish uchun Turkiyaga keladi
AQShlik mutaxassislardan iborat delegatsiya 22 avgust kuni Fathulloh Gulenni topshirish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilish uchun Turkiyaga tashrif buyuradi. Bu haqida Turkiya adliya vaziri Bekir Bo‘zdog‘ ma'lum qildi.
"AQSh qonun bo‘yicha Gulenni topshirishga majbur. Agar shunday qilinmasa, demak, ular Gulen bilan do‘stlashuvni Turkiya do‘stligidan afzal, deb biladi. 22 avgustda Adliya vazirligining uch nafar xodimi va Davlat departamentining bir mutaxassisidan iborat Amerika delegatsiyasi bu yerga keladi", - deya xabar qildi Bo‘zdog‘. Vazirning fikricha, Gulen tufayli "yuzlab insonlar halok bo‘lgan, 2,5 ming kishi jabr ko‘rgan", shu bois uning ekstraditsiyasi mavzusini butun dunyo kuzatmoqda.
Gulen 1999 yildan buyon AQShda doimiy istiqomat qiladi. Anqara ma'lumotiga ko‘ra, Turkiyadagi harbiy to‘ntaruv harakatini Fathulloh Gulenning terrorchi guruhi amalga oshirgan. Shu munosabat bilan Turkiya tomon Amerika hukumatidan uni topshirishni so‘ramoqda.