Sport | 09:41 / 12.08.2016
8666
1 daqiqa o‘qiladi

Amerikalik suzuvchi Maykl Felps 22 karra Olimpiada chempioni bo‘ldi

11 avgust kuni Olimpiada o‘yinlarining eng sovrindor sportchisi – amerikalik suzuvchi Maykl Felps Rio–2016 Olimpiadasining 200 metr masofaga kompleks usulda suzishda 1.54.66 natija ko‘rsatib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu masofaga ikkinchi bo‘lib yaponiyalik Xagino Kosuke (1.56,61), uchinchi bo‘lib xitoylik Van Shun (1.57,05) yetib keldi. Felpsning Rio olimpiadasidagi oltin medallari soni 4taga yetdi.

Endi sportchining hisobida 22ta Olimpiada o‘yinlari oltin medali mavjud. Beshta Olimpiada (Sidney–2000, Afina–2004, Pekin–2008, London–2012 va Rio–2016) da ishtirok etgan Felps hisobida 22ta oltin medaldan tashqari 2ta kumush va 2ta bronza medallari mavjud.

31 yoshli sportchi Rio–2016 Olimpiadasida o‘z natijasini yanada yaxshilashi mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish