Jamiyat | 21:04 / 12.08.2016
5565
3 daqiqa o‘qiladi

Ewha Womans University gospitali shifokorlari Farg‘ona vodiysida bo‘lishdi

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi jismonan baquvvat, ma'nan yetuk, ruhan tetik farzandlarni tarbiyalashda, onalik va bolalikni muhofaza qilish, “Sog‘lom avlod” harakatini rivojlantirish maqsadida bir qator tadbirlarni o‘tkazmoqda.

Sizga ma'lumki, “Sog‘lom avlod uchun” fondi bir qator xalqaro hamkor tashkilotlar bilan birgalikda hukumatimiz qarorlari hamda Davlat dasturlari ijrosini ta'minlash uchun bemor va nogiron bolalarni sog‘lomlashtirish maqsadida qator loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. 2016 yil davomida fond mazkur yo‘nalishda Germaniyaning Friedensdorf International xalqaro tashkiloti, Koreya Respublikasining Save the Children xalqaro fondi, Koreya xalqaro sog‘liqni saqlash KOFIH fondi, Ewha Womans University, Severance University, Inha va Bundan Cha universitetlari gospitallari bilan hamkorlikda tug‘ma yurak nuqsoni, terining kuyish asoratlari, tug‘ma qo‘l-oyoq bo‘g‘imlari va boshqa tashxislar bilan og‘rigan O‘zbekistonlik bemor bolalarni bepul sog‘lomlashtirdi.

Jumladan, fond uzoq yillardan beri Koreya Respublikasining bir qator xalqaro tashkilotlari va Universitetlari bilan hamkorlikda keng ko‘lamda faoliyat olib bormoqda. Fond 2014 yildan boshlab Koreya Respublikasining Ewha Womans University gospitali bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.

Ma'lumot o‘rnida aytib o‘tish mumkinki, Ewha Womans University gospitali malakali shifokorlari tomonidan 2015 yilning 4-7 avgust kunlari Andijon viloyati bolalar ko‘ptarmoqli tibbiyot markazida bo‘lishib, Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlarida istiqomat qiluvchi jami 1026 nafar aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Ushbu xayrli ishlarni davom ettirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18 iyul 2016 yilda tasdiqlangan 10/1-3331 sonli tashrif Dasturi asosida joriy yilning 2-8 avgust kunlari Koreya Respublikasining Ewha Womans University gospitali malakali shifokorlari (27 nafar professor-ortoped, kardiolog, pediatr, otorinolaringolog, gemtolog-onkolog, tezkor tibbiyot professori, farmatsevt, tibbiyot hamshiralari, stomotolog-gigiyenist, talabalar va ko‘ngillilar) yurtimizga tashrif buyurishadi. Ular Andijon viloyatida 3-6 avgust kunlari Andijon viloyati bolalar ko‘ptarmoqli tibbiyot markazida Farg‘ona vodiysi (Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlari) aholini chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishadi va xorijiy professorlar tomonidan Andijon davlat tibbiyot instituti talabalar va magistrlari uchun ortopediya va kardiologiya sohalarida leksiyalar tashkil etishadi. Shuningdek Koreyalik talabalar Andijon davlat tibbiyot instituti faoliyati bilan yaqindan tanishishib, tibbiyot sohasidagi bilimlarini chuqurlashtirish maqsadida o‘zaro fikrlar almashishadi.

Tibbiy ko‘rikdan o‘tganlarga xorijlik mutaxassislar o‘zlari bilan olib kelgan dori-darmon va sanitariya-gigeina vositalarini bemorlarga bepul tarqatishdi.