Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Felps Olimpiadadagi ishtirokini boshlagan vaqtda Baltimorda futbol bahsi to‘xtatib turildi
AQSh Milliy futbol ligasi (NFL) doirasidagi "Baltimore Ravens" va "Carolina Panthers" jamoalari o‘rtasidagi bahs amerikalik suzuvchi Maykl Felpsning Olimpiadadagi ishtiroki boshlanganida to‘xtatib turildi. Bu vaqtda suzuvchining chiqishi stadionga o‘rnatilgan katta ekran orqali translyatsiya qilingan.
Mashable xabariga ko‘ra, futbol jamoalari futbolchilari bu taklifga rozi bo‘lishgan va ular ham muxlislar qatorida Felpsning chiqishini tomosha qilishgan.
Eslatib o‘tamiz, 11 avgust kungi musobaqalarda Felps 200 metr masofani birinchi bo‘lib bosib o‘tib, Olimpiada o‘yinlarining 22 karra chempioniga aylandi.
U marraga birinchi bo‘lib yetib kelganida stadion quvonchli hayqiriqlarga to‘lib ketgan.
"Carolina Panthers" jamoasi bu o‘yinda mezbonlarga yutqazdi va jamoaning tvitterdagi sahifasida Felpsning surati orqali bu holatga "norozilik munosabati" bildirildi.

