Jamiyat | 16:36 / 12.08.2016
3175
2 daqiqa o‘qiladi

Fuqaro muhofazasini rivojlantirish istiqbollariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi  

«Maksam-Chirchiq» aksiyadorlik jamiyatida fuqaro muhofazasi tuzilmalari faoliyati va ularni rivojlantirish istiqbollariga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda. 

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, «O‘zkimyosanoat» va «Maksam-Chirchiq» aksiyadorlik jamiyatlari, sanoat korxonalarining fuqaro muhofazasi tuzilmalari, idora va tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. 

So‘nggi besh yilda Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan 200 dan ziyod qo‘mondonlik-shtab va 2,5 ming maxsus taktik o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi. 

Seminar doirasida «Maksam-Chirchiq» aksiyadorlik jamiyati fuqaro muhofazasi tuzilmasi qutqaruvchilarining o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etilib, turli vaziyatlarda harakat qilish taktikasi namoyish etildi, o‘lchov asboblari, avariya-qutqaruv va o‘t o‘chirish texnikasi ko‘rgazmasi o‘tkazildi.

Seminarda ishtirokchilar o‘zaro tajriba va fikr almashdi.