Xitoyda internetda qurol-aslaha sotishga qarshi kampaniya boshlandi
Xitoy jamoatchilik xavfsizligi vazirligi 12 avgustda internet orqali qurol-aslaha sotishga qarshi kurashga qaratilgan katta miqyosdagi milliy kampaniya boshlanganini e'lon qildi.
Vazirlik xabariga ko‘ra, politsiya qurol-aslahani noqonuniy sotishga ko‘mak beruvchi saytlar, xabarlarni bir lahzada uzatish xizmatlari hamda forumlar faoliyatini qat'iy tartibga soladi va munosabat bildiradi. Shuningdek, o‘qotar va kuchli pnevmatik qurol uchun detallar, o‘q sotish nazorat qilinadi. Politsiya qurol-aslahani noqonuniy sotishga aralashgan logistik kompaniyalar faoliyatini nazorat qiladi.
Vazirlik ma'lumotlariga ko‘ra, Xitoyda 2011 yildan 2015 yilgacha qurol-aslahani noqonuniy ishlab chiqarish, pnevmatik qurol va o‘qotar qurol nusxalari va aslini sotish bilan bog‘liq 9 mingta jinoiy ish fosh qilingan va 80 mingga yaqin gumonlanuvchi hibsga olingan.
Vazirlik kampaniya qancha vaqt davom etishini aytmagan.