10:29 / 12.08.2016
10891

Klinton shtabi Donald Trampga yangi ayblov qo‘ydi

Foto: AFP

AQSh prezidentligiga Demokratlar partiyasidan nomzod Hillari Klintonning saylovoldi shtabi mamlakat prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Trampga nisbatan yangi ayblov qo‘ydi. Unga ko‘ra, Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putinning tezislarini takrorlamoqda. Klinton shtabi Tramning “IShID asoschisi Barak Obama”, degan gapiga urg‘u bergan.

"Trampning nutqidagi aynan nima bizga qiziq? Shunisi hayratlanarliki, u Rossiya prezidenti va dushmanlarimizning tezislarini aynan takrorlamoqda. O‘zi esa terrorizm va mamlakat xavfsizligi borasida tayinli rejaga ega emas", — dedi Klintonning vakili Jyeyk Sallivan.

Eslatib o‘tamiz, Donald Tramp AQSh prezidenti Barak Obamani IShID terrorchilik tashkiloti asoschisi ekanligini ma'lum qilgan edi.

Top