Sport | 19:10 / 12.08.2016
3557
1 daqiqa o‘qiladi

Klopp: «Umidim shuki, 50 yildan keyin kimdir bu mavsumni esga oladi va deydi: «Ha, bu aqlbovar qilmas mavsum edi»

«Liverpul» jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klopp APL arafasidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Umid qilamanki, sayyoramiz hali yana 2-3 million yil turadi va yaqin 50-60 yil ichida kimdir o‘tmishga boqadi va deydi: «Ha, 2016/17 yilgi mavsum aqlbovar qilmas darajada o‘tgandi. Biz o‘shanda bo‘lgandik. Biz o‘shanda g‘alaba qilgandik». Aynan shunday lahzalar uchun hayot bor, futbol bor.

Agar mavsum tugagach, bu mavsum oxirida barcha bu mavsumni unutishni istasa, demak ba'zi ishlar to‘g‘ri qilinmagan. Istaymanki, keyingi yozgi ta'tilga biz yuzimizda tabassum bilan kirib boramiz», – degan Klopp.

«Liverpul»ning mavsumdagi ilk o‘yini «Arsenal»ga qarshi safarda, 14 avgust kuni o‘tkaziladi.

Manba: Tribuna.uz

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish