Sport | 14:35 / 12.08.2016
8530
1 daqiqa o‘qiladi

Hoqon Shukur Turkiyadagi davlat to‘ntarishiga aloqadorlikda gumon qilinmoqda

Turkiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Hoqon Shukurga xavf tahdid solmoqda.

Agence France-Press ma'lumotiga ko‘ra, Turkiya hukumati bu sobiq futbolchini davlat to‘ntarishiga urinishda gumon qilib, uni hibsga olish uchun order chiqargan.

Shukur va uning otasi Selmet Shukur qurollangan terrorchilik tashkilotiga a'zolikda gumon qilingan. Ular Fathulloh Gulenga aloqadorligi taxmin qilinmoqda.

Ayni vaqtda 44 yoshli Shukur Kaliforniyada istiqomat qiladi.

Bundan oldin ham Shukur ijtimoiy tarmoqda Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anni haqorat qilishda ayblanib, qamoq tahdidi ostida qolgandi.

Manba: Tribuna.uz

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish