00:33 / 12.08.2016
6958

Olimlar ba'zi akulalar 400 yil yashashini aniqlashdi

Olimlarning xalqaro guruhi tadqiqot o‘tkazib, umurtqalilar orasida grenland qutb akulasi eng uzoq umr ko‘ruvchi jonzot ekanligini aniqlashdi. Ularning tadqiqoti bilan Science jurnalida tanishish mumkin.

Avval eng uzoq umr ko‘ruvchi jonzot grenland kiti deb hisoblanar edi, u 211 yoshgacha umr ko‘rishi mumkin. 

Olimlar o‘z tadqiqotlarida 2010-2013 yillarda Grenlandiyada tutilgan 28 ta urg‘ochi grenland qutb akulasi ko‘z gavharining yadrosini tahlil qilib, bu akulalar 400 yilgacha, ya'ni grenland kitlaridan deyarli 2 marta uzoqroq umr ko‘rishlarini aniqladilar. Olimlar, shuningdek bu akulalarning nasl qoldirish yoshi ular 156 yoshga to‘lganda (uzunligi 400 sm ga yetganda) kirishini aniqlashdi.

Top