Sport | 10:26 / 12.08.2016
5110
1 daqiqa o‘qiladi

Raneri: «Lester» o‘z unvonini himoya qilishidan ko‘ra o‘zga sayyorliklarning Yerga qo‘nishi ehtimoli kattaroq

Angliyaning amaldagi chempioni «Lester»ning bosh murabbiyi Klaudio Raneri yangi mavsumdan nimalar kutayotgani bilan o‘rtoqlashdi.

Angliya chempionatining yangi mavsumida "tulkilar" ilk o‘yinlarini 13 avgustda «Hall Siti»ga qarshi o‘tkazadi. 

«Menga bu mavsumda nima bo‘lishi juda qiziq. Katta klublar unvon uchun kurashishga, biz esa uni himoyalashga tayyormiz.

Bizning maqsad – 40 ochko to‘plash, u yog‘iga ko‘ramiz. Shuningdek biz Chempionlar Ligasida ijobiy tajriba olmoqchimiz. 

Fikrimcha, bizga avvalgidan kamroq bosim o‘tkaziladi. Hammasi o‘zgardi. Bizning imkoniyatlar – 6000 dan bitta. 

Biz unvonni yana yutishimizdan ko‘ra o‘zga sayyorliklarning Pikadilli maydoniga qo‘nishi ehtimoli kattaroq», deb aytdi italiyalik mutaxassis.

Manba: Tribuna.uz