23:43 / 12.08.2016
6904

Rio-2016. Yettikurash. Yekaterina Voronina balandlikka sakrashda so‘nggi o‘rinni oldi

Yengil atletikaning yettikurash musobaqasida sportchilar ikkinchi yo‘nalishda o‘z omadlarini sinab ko‘rishdi. Atletlarda balandlikka sakrash sektorida mashqlarni bajarishdi. 

Hayurtimiz Yekaterina Voronina "V" guruhi vakillari orasida mashq bajardi. Afsuski, o‘zbekistonlik sportchining natijasi yuqori bo‘lmadi. U bor-yo‘g‘i 165 sm. balandlikdan oshib o‘ta oldi, xolos. Bu natija uchun unga 795 ball berildi. Ikki urinish natijasi bo‘yicha Yekaterina hisobidagi ballar soni 1609ni tashkil qilmoqda. Ko‘pkurashda 32 sportchi bahslarga kirishgandi. Ulardan ikki nafari muddatidan avval musobaqani tark etdi. Voronina esa ikkita mashqdan keyin so‘nggi 30-o‘rinni egallab turibdi. 

Ko‘pkurashchilar bahsida buyuk britaniyalik Katarina Jonson-Tompson 2264 ball bilan peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o‘rinni belgiyalik Tiam Nafissatu egallab turibdi (2252 ball). Kuchli uchlikni yana bir Buyuk Britaniya vakili Jyessika Ennis-Xill yakunlab turibdi (2242 ball).

Yettikurashchilar bugun yana ikkita yo‘nalish bo‘yicha bahslarda ishtirok etishadi. Toshkent vaqti bilan tongi soat 04:45da yadro uloqtirish, 06:05da 200 metrga yugurish mashqlari o‘tkaziladi.

Manba: stadion.uz

Top