Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 19:42 / 12.08.2016
11196
1 daqiqa o‘qiladi
Rio-2016. O‘zbekiston tarixida ilk ayol bokschining Olimpiadadagi ishtiroki muvaffaqiyatsiz chiqdi
Rio—2016 Olimpiadasidagi o‘zbekistonlik yagona bokschi qiz Yodgoroy Mirzayeva birinchi jangida mag‘lub bo‘ldi.
-51 kg vazn toifasida qatnashgan Yodgoroy kanadalik tajribali raqibi Bujold Mandiga hakamlar bahosiga ko‘ra mag‘lub bo‘ldi.
Qayd etish kerakki, 4 raund davom etgan jangda Yodgoroy raqibi bilan tengma-teng jang olib bordi. Lekin barcha raundlarda ham hakamlar g‘alabani Kanada vakiliga yozishdi.
Shu tariqa, O‘zbekiston tarixida Olimpiadaga borgan ilk ayol bokschi ishtirokini nimchorak finalda to‘xtatdi.





Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish