Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ronalduning Lissabonda ochgan yangi mehmonxonasi mehmonlarni g‘ayrioddiy viveska bilan kutib oladi
O‘tgan oyda Madeyraning Funshal shahrida 5 yulduzli mehmonxona ochgan Krishtianu Ronaldu Lissabon shahrida ham Le Pestana CR7 tarmog‘idagi yana bir mehmonxonani ochdi.
Mehmonxona foyesida mijozlar shunday viveska bilan kutib olinadi: «Sizning sevgingiz meni kuchliroq qiladi, nafratingiz esa meni to‘xtatib bo‘lmas qiladi».

Qayd etish kerakki, futbolchi o‘tgan mavsumda Ispaniya chempionatidagi omadsiz o‘yinlardan biridan keyin muxlislarning noroziligiga javoban aynan shu so‘zlarni aytgandi.
Pestana CR7 kompaniyasining yana ikki mehmonxonasi Madrid va Nyu-York shaharlarida ochilgandi.
Manba: Tribuna.uz