Jamiyat | 17:46 / 12.08.2016
3729
1 daqiqa o‘qiladi

Shvetsiyada bir kechaning o‘zida 16 ta mashina yonib ketdi

Shvetsiyaning janubida joylashgan Malmyo shahrining turli tumanlarida kechasi va tun mahali 16 ta mashina yonib ketgan. Bu haqda mamlakatning SVT telekanali xabar bermoqda.

Birinchi yong‘in holati haqida mahalliy vaqt bilan 20:00da politsiyaga xabar berilgan. Ana shu vaqtdan bir soat o‘tib esa to‘rtta har xil joydan to‘qqizta mashina yoqib yuborilgani haqida ma'lumot olingan. Yong‘in haqidagi so‘nggi xabar yarim tunda ma'lum qilingan, deb xabar bermoqda SVT.

"Biz barcha stansiyalarga yo‘l oldik. Malmyodagi barcha o‘t o‘chirishga shoshildi", — deb telekanalga ma'lumot bergan qutqaruv xizmati tezkor boshlig‘i Magnus Yoxansson.

Politsiya yong‘in bilan aloqadorlikda gumon qilib, hech kimni qo‘lga olmagan.

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish