Texnologiya | 19:13 / 12.08.2016
4950
1 daqiqa o‘qiladi

Tashabbuskor hunarmand kofemashinadan bionik qo‘l yasadi

Hunarmandchilikka bo‘lgan kuchli ishtiyoqi tufayli Evan But ishlab turgan Keurig K350 kofemashinasidan voz kechib, bionik qo‘l yasashga kirishdi.

Muhandis barcha ish jarayonini  bir zumda, oson tomosha qilinadigan videoga oldi. Biroq transformatsiya qilish uchun 8 kun ya'ni, 199 soat 56 daqiqa 36 soniya vaqt sarflandi. 

Bu vaqt davomida But kofemashinasi qismlaridan Hedberg deb nomlangan bioqo‘l yasadi. Keurig K350 mashinasidan olinmagan birgina material yelim va uncha katta bo‘lmagan 12V adapter bo‘ldi. Hosil bo‘lgan protez egilishi, barmoqlarini qimirlatishi va katta bo‘lmagan buyumlar, masalan, bo‘sh stakanni olishi mumkin. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish