Jahon | 08:36 / 12.08.2016
8679
1 daqiqa o‘qiladi
Turkiya qochib ketgan harbiylarning mamlakatga qaytishi mumkin bo‘lgan oxirgi sanani e'lon qildi
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘lu 11 avgustni mamlakatdagi davlat to‘ntaruviga urinishdan keyin mamlakatdan qochib ketgan harbiylarning ortga qaytishi kerak bo‘lgan oxirgi sana deb e'lon qildi.
Chovusho‘g‘lu NTV telekanalida harbiy attashelar o‘z oilalari bilan Italiyaga teploxodda qochganlarini tasdiqladi.
Vazir shuningdek ikki nafar davlat xizmatchisi Bangladeshdan Nyu-Yorkka qochganlarini qo‘shimcha qildi.
Chovusho‘g‘lu agar ular Turkiyaga qaytmasalar, hukumat ularga qarshi sud taqiblarini boshlashini ma'lum qildi.