Jahon | 23:24 / 12.08.2016
4733
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada isyonchilar uchun shtab bo‘lib xizmat qilgan aviabaza bog‘ga aylantiriladi

Foto: © AP

Turkiya harbiy-havo kuchlarining Anqaradan 35 km uzoqlikda joylashgan Aqinji bazasi bog‘ga aylantiriladi va omma uchun  ochiq bo‘ladi, deb ma'lum qildi Turkiya mudofaa vaziri Fikri Ishikka iqtibos keltirgan holda Hurriet gazetasi.

"Bu joylar jamoatchilik foydalanishi, odamlar uchun ochiladi", deb aytdi vazir. Uning aytishicha, aviabaza o‘rnida "demokratiya bog‘i" tashkil qilishga tayyorlik mavjud.

Vazir hukumatning Anqara va Istanbulga sentabr o‘rtalariga bir guruh harbiylarni joylashtirish bo‘yicha rejalarini ma'lum qildi.  

Avvalroq Turkiya bosh vaziri Binoli Yildirim Aqinji aviabazasi yopilishini aytgandi. Uning aytishicha, baza "davlat to‘ntaruviga urinishda demokratiya uchun halok bo‘lgan jafokashlar" xotirasi joyi bo‘ladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish