Jahon | 18:14 / 12.08.2016
6888
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyalik diplomat Bangladeshdan Rossiyaga qochib o‘tdi

Turkiyaning Bangladeshdagi elchixonasi vakili Rossiyaga qochib o‘tgan. Daily Star nashrining diplomatik manbalariga asoslanib xabar qilishicha, bu diplomat Turkiyadagi harbiy davlat to‘ntarishiga urinishga aloqadorlikda gumon qilinayotgandi.

Nashrning yozishicha, elchixonaning yana bir xodimi AQShda yashiringan.

Nashr ma'lumotiga ko‘ra, Rossiyaga qochib o‘tgan diplomat Turkiya elchixonasidagi Anqaraga chaqirtirilgan 3 xodimdan biri bo‘lgan. U o‘z oilasini Rossiyaga olib o‘tgan. Muvaqqat vakil Ahmed Gurbuz esa AQShga o‘tib ketgan.

Bangladesh TIV ma'lumotiga ko‘ra, Turkiya hukumati bu fuqarolarining pasportlarini bekor qilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish