Sport | 19:15 / 12.08.2016
3159
2 daqiqa o‘qiladi

Venger: «Keyingi yillarda «Arsenal» 4, 3 va 2-o‘rinlarni egalladi. Biz yana bir pog‘ona ko‘tarilishni istaymiz»

«Arsenal» jamoasi bosh murabbiyi Arsen Venger «Liverpul»ga qarshi APL yangi mavsumining ilk turida kechadigan bahs oldidan fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Angliyada daromad ko‘p bo‘lganiga monand tarzda transferlar uchun sarflanadigan pullar miqdori ham shuncha ko‘p. Qachonki Yevropa jamoasidan kimnidir olmoqchi bo‘lsang, futbolchiga juda yuqori narx so‘rashadi. Sen shunchaki Angliyadagi klub vakili bo‘lganing uchungina.

Lekin oqilona pul sarflagan holda ham saviyali futbolchi topish mumkin. Biz yuqori toifali futbolchilarni tarkibga jalb etishga tayyormiz, lekin bizga hozir hammasidan ham ko‘ra markaziy himoyachi kerak. Mertesaker  4 oyga, Gabriel 2 oy muddatga safdan chiqdi. Umid qilamanki, Gabrielning jarohatini jarrohlik amaliyotisiz ham tuzatsa bo‘ladi.

Mustafining atrofidagi holat bo‘yicha yangilik eshitmoqchimisiz? Men hech narsa ayta olmayman. (Jurnalist: «Men sizni tushundim»). Tushungan bo‘lsangiz, juda yaxshi. O‘tgan mavsum shuni ko‘rsatdiki, transferlar uchun katta pullar sarflash eng asosiysi emas. «Lester» buni namoyish qilib berdi. Moliyaviy qudrat hamisha ham yordam bera olmaydi.

Bizning APLdagi yurishimiz yaxshi ketmoqda. Biz 10 uchrashuva mag‘lub bo‘lmadik. Biz o‘z ishimizni muvaffaqiyat bilan davom ettirish uchun kuyunmoqdamiz. Keyingi 4 mavsum davomida biz navbati bilan to‘rtinchi, uchinchi va ikkinchi o‘rinlarni egallab keldik. Endi biz yana bir pog‘ona yuqorilashni istaymiz.

Tan olish kerak, «Liverpul» yangi mavsumda APL g‘olibligi uchun kurashadi. Bu mavsumda 8-9 jamoa chempionlik uchun kurashish salohiyatiga ega», – degan Venger.

Manba: Tribuna.uz

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish