Jamiyat | 21:09 / 12.08.2016
10781
1 daqiqa o‘qiladi

Jyeki Chan yangi filmida Sidney opera teatri tomida suratga tushdi

7News telekanali bosh rollarda Jyeki Chan va Tess Xobrich suratga tushgan "Qonayotgan po‘lat" filmining suratga olinishi videosini chop etdi. Aprelda Jyeki Chan 62 yoshga to‘ldi, biroq u keksa yoshiga qaramasdan, filmlarda tryuklarni kaskadyorlar yordamisiz bajarishga harakat qilmoqda. Shuningdek, videoda teatr tomida yurish uchun Tess Xobrich ehtiyot trosidan foydalanayotgani, Jyeki esa usiz bo‘lganini ko‘rish mumkin.

Film ssenariysi bo‘yicha Jyeki Chan maxsus xizmat agenti rolini o‘ynagan. Uning qahramoni yosh ayolni jinoiy guruhdan himoyalashga harakat qiladi. Film 2017 yilda ekranlarga chiqishi rejalashtirilgan.