17:27 / 13.08.2016
5064

Afg‘onistonlik harbiylar 1 kun davomida 90dan ortiq jangarini yo‘q qilishdi

Afg‘oniston armiyasi harbiylari mamlakatning bir qator viloyatlarida olib borilgan amaliyotlar davomida kamida 92 nafar jangarini yo‘q qilgan. Bu haqda Afg‘oniston Mudofaa vazirligi saytida ma'lum qilingan.

O‘ldirilgan jangarilar asosan "Tolibon" harakati a'zolari edi.

Ma'lum qilinishicha, Pokiston bilan chegara hududidagi Paktika viloyatida o‘tkazilgan amaliyot natijasida 40dan ortiq jangari yo‘q qilingan. 

Shuningdek, boshqa guruh a'zolari bo‘lgan 30 nafardan ortiq jangari o‘ldirilgan, ularning aksari xorijlik yollanma jangarilar edi.

Top