Jahon | 12:42 / 13.08.2016
6110
1 daqiqa o‘qiladi
Aka-uka rejissyor Dardennlar jahonni tashvishga solayotgan muammo xususida film suratga olmoqchi
Kann kinofestivalining "Oltin palma yaprog‘i" sovrinini ikki marta qo‘lga kiritgan taniqli belgiyalik rejissyor, ssenariynavis va prodyuserlar aka-uka Lyuk va Jan-Per Dardenn terrorizm haqidagi film ustida ishni boshlab yuborishdi.
"Biz allaqachon ssenariy yozmoqdamiz, o‘ylaymizki kelasi yilning kuzida Belgiyada filmni suratga olamiz", — deya Lyuk Dardenn so‘zlarini keltiradi Belga agentligi.
Aka-uka Dardennlar 1999-yili "Rozetta", 2005-yili "Chaqaloq" filmi uchun "Oltin palma yaprog‘i"ni qo‘lga kiritgan edi.