Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Hall» murabbiyi: Ayni vaqtda jamoada futbolchilar tanqisligi yuzaga kelgan
APLning yangi mavsum arafasida «Hall» jamoasi bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi shuni tan oldiki, ayni vaqtda jamoada jarohatlar epidemiyasi davom etmoqda va maydonga tushirish uchun futbolchilar tanqisligi kuzatilmoqda.
«Biz Premer-ligadagi raqobatga bardosh bera olamizmi? Men bunday o‘ylamayman. Sababi jarohatlar. Gap qisqa muddatli jarohatlar haqida emas. Ko‘p futbolchilarimiz uzoq muddatga safdan chiqqan.
Transferlar? Biz rahbariyat bilan klub kelajagini muhokama qilamiz. Bizga kerak bo‘lgan futbolchilar boshqa jamoalarga o‘tib ketib bo‘ldi. Endi kerakli futbolchilarni topish qiyin. Barchasini boshqatdan boshlash kerak», – deya Felanning so‘zlarini keltiradi Daily Mail.
12 yil davomida «MYu»da Fergyusonga yordamchi bo‘lgan Mayk Felan «Hall» jamoasida Stiv Bryus bosh murabbiylikdan ozod qilingach, bosh murabbiy vazifasini vaqtinchalikka bajaruvchi sifatida tayinlandi.
«Hall» – APL jamoalari orasida yozgi transferlarda shu vaqtgacha hali yangi futbolchi sotib olmagan yagona jamoa hisoblanadi.
Manba: Tribuna.uz