18:07 / 13.08.2016
14878

Avtomobil ichida qolib ketgan 7 oylik bola hayotdan ko‘z yumdi

12 avgust, juma kuni San-Antonioda 7 oylik bola jazirama issiqda sport avtomobili ichida qolib ketib, hayotdan ko‘z yumdi. 

Bolaning otasi uni mashinada qoldirib, San-Antoniodagi Helotes do‘koniga kirib ketgan. Politsiya xodimlarining so‘zlariga ko‘ra, ota ertalab ishga kelishdan oldin bolani bog‘chaga tashlashni unutib qo‘yganini aytgan. 

Taxminan soat 3da bemalol ishlarini tugatib chiqqan ota mashinada farzandining jasadini ko‘rgan. Otaning yuragida qattiq og‘riq turib, tezda kasalxonaga yetkazilgan. 

Hozircha hech kimga hech qanday ayblov qo‘yilmagan, ota-bolaning shaxsi esa aniqlanmagan. 

Top