Jahon | 00:03 / 13.08.2016
5493
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniyada turkiyalik dengizchilar uzoq muddatli qamoq jazosiga mahkum qilindilar

Foto:© Fotolia

Shotlandiyaning Glazgo shahri sudi ikki nafar turk dengizchisi: istanbullik kapitan Mo‘'min Sokin va birinchi zobit Emin O‘zmenni Buyuk Britaniyaga rekord miqdordagi kokainni olib kirishga urinish uchun mos ravishda 22 va 20 yillik qamoq jazosiga mahkum qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.  

Ma'lum qilinishicha, giyohvand moddalarning kontrabandasi Britaniya va Tanzaniya o‘rtasidagi hamkorlik evaziga bartaraf etildi.

Agentlikning ma'lum qilishicha, o‘tgan yili Shotlandiyaning sharqiy sohillarida ikki turk boshqargan, Tanzaniyadan kelgan kemada 3,2 tonna kokain partiyasi topilgan. 664 mln dollarlik ushbu giyohvand moddasi partiyasi Niderlandliyaga olib o‘tilmoqchi bo‘lgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish