Texnologiya | 17:15 / 13.08.2016
5348
2 daqiqa o‘qiladi

Gadjyetlarni quvvatlash uchun ko‘chma gidroelektrstansiya

Enomad kompaniyasi Kickstarter saytida o‘zining ixcham zaryadlash qurilmasini namoyish etdi. U, ariq yoki kichik daryolarning suv oqimi kuchini elektr energiyasiga aylantiradi. Ixcham gidroelektrostansiya 6400 mA-soatlik batareya bilan jihozlangan. Uning generatori 2.5 Vt – 5 Vt energiya bera oladi. Bundan tashqari, ipx8 standarti asosida suvdan himoyalovchi tashqi qobiqqa ega. Bu standart asosida ishlab chiqilgan qurilmalar bir metrdan chuqurlikda suvda uzoq vaqt foydalanish imkonini beradi. EStream o‘z batareyasini 4.5 soatda to‘liq quvvatlab bo‘ladi. 

Uning konstruksiyasi qismlarga bo‘linadi. Buyumning ichida ehtiyot va butlovchi qismlarini saqlash uchun bo‘sh joylar mavjud. Bundan tashqari, gadjyetlarni quvvatlash uchun USB-portlar ham yoddan ko‘tarilmagan. 800 gramm og‘irlikka ega bo‘lgan EStream to‘liq yig‘ilgan holatda 24.5x6.5 sm gabarit o‘lchamiga ega. Uni oldindan buyurtma berish sharti bilan 180 dollardan xarid qilish mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish