Jahon | 19:36 / 13.08.2016
5082
1 daqiqa o‘qiladi
Xitoyning "Shenchjou-11" kosmik kemasi Tszyutsyuan kosmodromiga keltirildi
"Shenchjou-11" (Shenzhou-11) kosmik qurilmasi Xitoy shimoli-g‘arbidagi Gansu viloyati Tszyutsyuan kosmodromiga keltirildi, deya xabar qilmoqda Sinxua agentligi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, tez orada kosmodrom xodimlari fazo kemasini uchirish o‘rniga joylashtirishadi va tizimlarini tekshirishni boshlaydi. Uni oktabr oyi o‘rtalarida uchirish rejalashtirilgan.
"Shenchjou-11" ikki nafar fazogir va yuklarni Xitoyning ikkinchi fazo stansiyasi "Tyangun-2"ga yetkazadi. U, sentabr oyi o‘rtalarida orbitaga chiqariladi. Ayni vaqtda, ikki nafar ekipaj a'zosi parvozga tayyorlanmoqda.
"Tyangun-2" fazogirlarga 30 kun mobaynida orbitada qolib ishlash imkonini beradi.