Jahon | 10:55 / 13.08.2016
3994
2 daqiqa o‘qiladi

Kubada milliy bayramlardan biri tantana qilinmoqda 

Foto: AP

Shu kunlarda “Ozodlik oroli” – Kubada mamlakatning uzoq yillar yetakchisi bo‘lgan Fidel Kastroning tavallud kuni milliy bayram sifatida nishonlanmoqda. U, bugun 13-avgust kuni 90 yoshga kiradi. 

Shu munosabat bilan mamlakatning barcha nashrlarida uning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan turli maqolalar chop etilmoqda. Bundan tashqari, uning sharafiga ko‘psonli badiiy ekspozitsiyalar va fotoko‘rgazmalar tashkil etiladi. 

Mamlakatning barcha fuqarolari, o‘zlarining yetakchisi tavalludini munosib nishonlash maqsadida tayyorgarlik ko‘rmoqda. Yuzlab tortlardan tashqari xalq hunarmandlari, rassomlar va artistlar ommaviy ravishda hadyalarini hozirlashmoqda. 

Fidel Alexandro Kastro Rus 1926-yil 13-avgustida Kuba sharqidagi Biran shaharchasida dunyoga kelgan. 1959-yil yanvaridagi inqilobdan so‘ng, Fidel Kastro Kuba bosh vaziri lavozimiga kirishgan edi. 

2006-yil 31-iyulida Kastro vaqtinchalik hokimiyatni tark etishi haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Kuba yetakchisi jiddiy jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazdi. 2008-yil 19-fevralida o‘z vakolatlari poyoniga yetishiga 5 kun qolganida siyosatni tark etishini e'lon qildi hamda Davlat kengashi va Oliy bosh qo‘mondon lavozimini yangi muddatga egallashdan bosh tortdi. 2008-yil 24-fevralida Kuba xalq hokimiyati Milliy assambleyasi, Fidelning ukasi Raul Kastroni mamlakatning yangi rahbari etib sayladi. 

2011-yil 19-aprelida Fidel Kastro rasman Kuba Kompartiyasi Birinchi kotibligini rasman tark etdi. Bu vakolat ham ukasi Raul Kastroga o‘tdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish