Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 09:35 / 13.08.2016
4539
1 daqiqa o‘qiladi
Nadal Rio Olimpiadasi tennis bo‘yicha juftlik bahslari finalida g‘alaba qozondi
Ispaniyalik tennischilar Rafael Nadal va Mark Lopes Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tayotgan Olimpiya o‘yinlaridan o‘rin olgan katta tennisning juftlik bahslari finalida g‘alaba qozondi.
Ular, ruminiyaliklar Florin Mergya va Xorya Tetseular juftligini 6:2, 3:6, 6:4 hisobida mag‘lub etishdi.
Qayd etish joizki, Nadal shu bilan o‘z faoliyatidagi ikkinchi Olimpiya oltin medalini yutib olgan. Bundan avval, u Pekin-2008 Olimpiadasining yakkalik bahslarida g‘olib bo‘lgandi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish