NASA astronomlari fazoda yangi galaktikalarni topganini ma'lum qilishdi
NASA tadqiqotchilari kosmik bo‘shliqdan galaktikalararo gazlar hududiga o‘tgan ikkita mitti galaktikalarni aniqlashga muvaffaq bo‘lishdi, deb xabar qilinmoqda agentlik saytida.
Astronomlar 30dan 50tagacha fazoviy quyqalarni aniqlashgan bo‘lib, olimlarning fikricha, ular galaktikalar bo‘lishi mumkin. Ularning aksariyati ulkan vodorod gazlarining to‘planishiga o‘xshaydi. Tadqiqotchilar izlanish ishlarini davom ettirish maqsadida 15ta g‘ayrioddiy hodisani ajratib olishgan.
Ular orasida "Baliqlar A va B"lar ham aytilgan. Ular, Yerdan 19-30 mln yorug‘lik yili uzoqlikda joylashgan. Mitti galaktikalarning har birida 20tadan 30tagacha moviy yulduzlar bor. Bu esa, galaktikalar paydo bo‘lganiga unchalik ko‘p bo‘lmagani, ularning yoshi 100 million yil atrofida ekanini anglatadi.