Sport | 21:50 / 13.08.2016
7686
2 daqiqa o‘qiladi

Olimpiya suv havzasidagi yashil suv almashtiriladigan bo‘ldi

Rio-de-Janeyrodagi Olimpiadada suv sport turlari o‘tkazilayotgan, Mariya Lenk nomidagi suv havzasidagi yashil tusga kirgan suv o‘zgartiriladi. Bu haqda Olimpiada  tashkiliy qo‘mitasining aloqalar bo‘yicha direktori Mario Andrada ma'lum qildi. 

"Biz hozir suvni o‘zgartirish bo‘yicha keskinroq choralar ko‘rmoqdamiz. Suv polosi va sinxron suzish o‘tkaziladigan asosiy suv havzasida suv almashtiriladi. Joyda batafsil matbuot-anjuman o‘tkazilib, unda suv nega yashil tusga kirgani tushuntiriladi", deb aytdi Andrada.

Xalqaro suzish federatsiyasi (FINA) Olimpiada ishtirokchilarini suv yashil tusiga qaramay, sog‘liqqa ziyon yetkazmasligiga ishontirishdi.

12 avgustda suvga sakrash musobaqalari o‘tkaziladigan suv havzasida mashg‘ulotlar bekor qilindi. 

Avvalroq suvning sifatidan rossiyalik sinxron suzuvchilar, bir nechta terma jamoa polochilari shikoyat qilishgandi. Ularning aytishicha, suv havzalarida xlor me'yoridan ko‘p va suvning harorati pastdir.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish