Messi Argentina terma jamoasiga qaytishga qaror qildi
«Barselona» hujumchisi Lionel Messi Argentina terma jamoasiga qaytdi.
«Argentina futbolidagi muammolar juda ko‘pligini ko‘rmoqdaman va yana bittasini keltirib chiqarmoqchi emasman. Qo‘limdan kelganicha yordam beraman. Nazarimda, Argentina futbolida ko‘p narsani to‘g‘rilash kerak. Men terma jamoa ichida bo‘lgan holda bu kamchiliklarni bartaraf qilishni xohlayman.
Amerika kubogi-2016 finalidagi mag‘lubiyatdan keyin ko‘p narsa haqida fikr yuritdim, shuningdek terma jamoani tark etish haqida ham jiddiy o‘yladim. Biroq men vatanimni va terma jamoam libosini juda yaxshi ko‘raman.
Argentina terma jamoasida ishtirok etishimni istagan odamlarga tashakkur aytaman. Umid qilamanki, tez orada ularni xursand qilamiz» - dedi Messi.
Eslatib o‘tamiz, Argentina terma jamoasi 2 sentabr kuni Urugvayga qarshi JCh-2018 saralashiga bahs yuritadi.
Messi terma jamoa safida 113ta uchrashuvda 55 bor gol kiritgan.