Ukrainada Ravon modellar qatorining Matiz, R2 (Spark) va Gentra avtomobillari sotiladi. Yil oxirigacha qator R4 (Cobalt) bilan to‘ldiriladi.

Shu kunning o‘zida Rossiyaga Nexia R3 modelining birinchi partiyasi jo‘natildi.

GM Uzbekistan’ning yaqin oradagi rejalarida Ravon brendini MDHning qolgan davlatlariga olib chiqish bor. Jumladan, kuzda kompaniya brendni Ozarbayjon, Belarus va Turkmanistonda taqdim qilmoqchi.