Sport | 10:29 / 13.08.2016
29773
2 daqiqa o‘qiladi

Rio-2016: 13 avgust bahslarida O‘zbekiston sportchilaridan kimlar bahsga kirishadi?

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tayotgan Olimpiada o‘yinlarining 13 avgust kungi bahslarida O‘zbekiston sportchilari quyidagi sport turlari bo‘yicha bellashuvlar o‘tkazishadi.

Shahobiddin Zoirov. Boks.
Shahobiddin Zoirov 52 kg vazn toifasida, 1/16 final bahsida ringga ko‘tariladi. Raqibi irlandiyalik bokschi Irvin Brendan Emmet. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 19:15da bo‘lib o‘tadi.

Shahram G‘iyosov. Boks.
Shahram G‘iyosov 69 kg vazn toifasida chorak finalda bahs olib boradi. Raqibi kubalik bokschi Roniyel Iglesis. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 20:30da boshlanadi.

Rustam To‘laganov. Boks.
Rustam To‘laganov 91 kg vazn toifasida yarim final bellashuvida ishtirok etadi. Raqibi rossiyalik bokschi Yevgeniy Tishenko. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 20:45da o‘tkaziladi.

Bahodir Jalolov. Boks.
Bahodir Jalolov +91 kg vazn toifasida nimchorak final bellashuvlariga kirishadi. Raqibi venesuelalik Edgar Ramon Munoz. Jang Toshkent vaqti bilan 03:15da o‘tkaziladi.

Yekaterina Voronina. Yengil atletika.
Yekaterina Voronina ko‘pkurash, uzoqlikka sakrash, nayza uloktirish, 800 metrga yugurish bahslarida qatnashadi. Bahslar Toshkent vaqti bilan 19:45da, 04:00da va 07:18da boshlanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish