Sport | 00:34 / 13.08.2016
9053
1 daqiqa o‘qiladi

Rio-2016. Batutda sakrash. Yekaterina Xilko final bosqichiga chiqa olmadi

O‘zining beshinchi olimpiadasida ishtirok etayotgan Yekaterina Xilko batutda sakrash bo‘yicha saralash bosqichida imkoniyatini sinovdan o‘tkazdi. 

Reglamentga ko‘ra turnirni 16 nafar sportchi boshladi. Xilko keyingi bosqichga yo‘llanma olishi uchun sakkiztalikka kirishi talab etilardi.

U dastlabki sakkiz nafar sportchi orasida uchinchi natija qayd etgan bo‘lsa-da, qolgan sportchilarning chiqishidan keyin imkoniyatini pasaytirib yubordi va Xilko Rio—2016 Olimpiadasi bilan xayrlashdi. Xilko majburiy chiqish mashqida 46.570 ochko ishladi, ikkinchisida  50.955 ball to‘pladi. Uning umumiy bali 97.550ni tashkil qildi.

Bu ko‘rsatkich orqali saralashda 12-o‘rinni band etdi. Natijada Xilko final bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmadi.

Xilko faoliyati davomida 5 ta Olimpiadada O‘zbekiston sharafini himoya qildi. U 2008 yilgi Pekin Olimpiadasida bronza medalini qo‘lga kiritgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish