Sport | 23:55 / 13.08.2016
10457
1 daqiqa o‘qiladi

Rio-2016: Efiopiyalik yuguruvchi marraga krossovkasining bir poyisiz yetib keldi

Foto: © EPA

Olimpiadada ishtirok etayotgan efiopiyalik ayol yuguruvchi Etenesh Diro to‘siqlar osha 3000 metrga yugurish bo‘yicha musobaqaning dastlabki bosqichida marraga krossovkasining bir poyisiz yetib keldi.   

Sportchi aylanalardan birida ikki raqibi bilan to‘qnashib ketib, krossovkasining bir poyini tushirib qo‘ydi. Sportchi avval uni kiyib olmoqchi bo‘ldi, biroq vaqtni yutqazmaslik uchun masofaning qolgan qismini usiz yugurib o‘tishga qaror qildi. 

Sportchi marraga finalga chiqish uchun ijozat bermaydigan natija bilan yetib keldi. Biroq hakamlar maslahatlashib, uni va to‘qnashuvning yana ikki ishtirokchisini hal qiluvchi bosqichga qo‘yishga qaror qilishdi.