Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rustam To‘laganov finalga chiqa olmadi va bronza medal bilan kifoyalanadigan bo‘ldi
Bugun Rio-Olimpiadasida boksning 91 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifalarida yarim final uchrashuvlari o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston vakili Rustam To‘laganov rossiyalik Yevgeniy Tishchenkoga qarshi ringga chiqdi va yutqazdi. Yakuniy natija 0:3 (9:10, 9:10, 9:10).
To‘laganov bronza medal bilan kifoyalanadigan bo‘ldi.
Uning bronzasi mamlakat delegatsiyasi uchun uchinchisi bo‘ldi. Bunga qadar dzyudochilardan Diyorbek O‘rozboyev hamda Rishod Sobirov ham bronza medali bilan taqdirlangandi.
Hozirda terma jamoa 55-o‘rinda joylashgan. Bitta oltin medal O‘zbekiston terma jamoasini 30-pog‘onaga olib chiqadi.

