Sport | 20:54 / 13.08.2016
18973
1 daqiqa o‘qiladi

Rio-2016. Shahram G‘iyosov yarim finalda

Rio—2016 olimpiadasi doirasida 69 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasidagi musobaqada O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Shahram G‘iyosov 1/4 final bahsida ringga ko‘tarildi.

U kubalik raqibi Roynel Iglesiasni 3 raundlik jang natijasiga ko‘ra mag‘lub etdi va finalga chiqdi. Yakuniy natija — 3:0 (30:27, 29:28, 29:28).

Shahram G‘iyosov 1/16 finalda ispaniyalik Yuba Sissokoni, 1/8 finalda esa litvalik Eymantas Stanyonisni mag‘lub etishgandi.

U terma jamoa uchun yana bir medalni naqd qildi. 

G‘iyosovning keyingi raqibi amaldagi jahon chempioni marokashlik Muhammad Rabiy bo‘ladi.