Sport | 17:04 / 13.08.2016
5750
1 daqiqa o‘qiladi
Rio-de-Janeyroda Fransiya olimpiya terma jamoasining fizioterapevti hayotdan ko‘z yumdi
Fransiya olimpiya terma jamoasi fizioterapevti Patrik Borde Rio-de-Janeyroda bevaqt olamdan o‘tdi. Bu haqida Fransiya Olimpiya qo‘mitasining prezidenti Deni Masselyaning so‘zlariga asoslanib, L’Équipe nashri ma'lum qildi.
"Patrik Borde 12 avgust kuni kunning ikkinchi yarmida hayotdan ko‘z yumdi. U barcha sportchilar uchun birdek qadrdon edi", - dedi Masselya.
Jamoa shifokorining o‘limiga nima sabab bo‘lganligi hozircha noma'lum.